“Ko’pchilik Jonsga qarshi jang qilishimni istamoqda. Muxlis sifatida menga ham bu to’qnashuv qiziq. Oktagonda o’zaro bahs olib borishimizni istagan bo’lardim. Biroq hozir u haqida o’ylashni vaqti emas. Nihoyat UFC menga jang berdi”,-dedi Ngannu.
Eslatib o’tamiz, Ngannu navbatdagi jangini og’ir vazn chempioni Stipe Miochichga qarshi o’tkazadi.