“SHartnoma bo’yicha Toni Fergyusonning promoushenimiz bilan bitta jangi qolgan. Biz ayni paytda ushbu jang ustida ishlayapmiz”, — dedi UFC prezidenti.
Eslatib o’tamiz, Toni Fergyuson o’zining so’nggi jangini AQSHning Xyuston shahrida UFC 262 turniri doirasida Beneil Dariushga qarshi o’tkazib, mag’lubiyatga uchragan edi. Bu u uchun ketma-ket uchinchi mag’lubiyat bo’lgan edi. Toni undan avval Jastin Getji va CHarlz Oliveyraga ham imkoniyatni boy bergandi. Uning oxirgi g’alabasi 2019 yilning iyun oyiga to’g’ri keladi. U o’shanda Donald Serroneni nokautga uchratgan edi.