Bosh sahifaBoks/MMAUFC prezidenti Dana Uayt asli kelib chiqishi chechen, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev hamda amerikalik Toni Fergyusonning qachon oktagonga qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.
UFC prezidenti Dana Uayt asli kelib chiqishi chechen, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev hamda amerikalik Toni Fergyusonning qachon oktagonga qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.
“Xamzatning oktagonga qaytishi oktyabr oyiga mo’ljallanmoqda. U istalgan raqib bilan jang qilishga tayyor. Balki, raqib Leon Edvards bo’lar, lekin juda katta ehtimol bilan u Nil Magniga qarshi oktagonga ko’tariladi. Hozir bu borada muzokara olib boryapmiz.
SHuningdek, biz Toni Fergyusonning keyingi jangi haqida ham bosh qotiryapmiz. Toni oktagonni har qachongidan ham ko’proq sog’ingan. Yil oxirigacha uni ham oktagonda ko’ramiz”, — deya Uaytning so’zlarini keltirmoqda MMAJunkie.