Boks/MMA

UFC prezidenti Dana Uayt yarim og’ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jonsning boshqa hech qachon oktagonga qaytmaslik ehtimoli borligini aytdi.

252

“Eshitinglar, hamma gap Jon Jonsning o’zida qoldi. Agar u jang qilishni istasa, biz unga bu imkoniyatni taqdim etamiz. U uchun mos janglar bor. Men har hafta janglar tashkil qilaman. Mening ishim shu. Lekin hech kim Jonsni jang qilishga majburlay olmaydi. Istasa, faoliyatini yakunlashi mumkin. SHaxsan men uni buyuk jangchi sifatida tan olaman. Ammo Kamaru Usman borligini ham unutmaslik kerak. Xullas, Jons shu yozda qaytadi yoki umuman oktagonni tark etadi”, – dedi tashkilot rahbari Xyustondagi kechagi turnirdan keyingi matbuot anjumanida.

Fikr bildirish