“Pragaga qaytib, jangga tayyorgarlikni boshladik. Raqibim, jang sanasi va manzilini aytishlarini kutyapmiz. Kuningiz yaxshi o’tsin, sport bilan shug’ullanib, sog’lom turmush tarzini olib boring. Qo’llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat”, – deydi Mahmud Muradov.
Eslatib o’tamiz, Muradov 29 avgust kuni Las-Vegasda o’tgan UFC Vegas 35 turnirining asosiy kardida Jerald Mirshertga qarshi oktagonga ko’tarilgandi. Ushbu jangning ikkinchi raundida Mirshert Muradovni bo’g’ib qo’ygan edi.