Jang san’atlari

UFC Xabib va Fergyuson o’rtasidagi jang Bruklinda o’tmasligini rasman tasdiqladi

19

UFC rasmiy veb-saytida 18 aprelga belgilangan yengil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o’rtasidagi jang haqida bayonot e’lon qilindi.
Jang Bruklinda bo’lib o’tishi kerak edi, ammo bu koronavirus tarqalish xavfi bilan bog’liq cheklovlar tufayli AQShdan tashqarida bo’lib o’tishi mumkin.
“Tadbir avval e’lon qilinganidek Bruklindagi “Barclays markazi”da o’tkazilmaydi. Qaror Nyu-York shtati Atletika hayatining ko’rsatmalariga binoan, shuningdek, Nyu-York shtatining yirik ommaviy tadbirlarni o’tkazishdagi cheklovlariga muvofiq qabul qilindi.
Qo’shimcha tafsilotlar, shu jumladan jangning o’tkazilish joyi tasdiqlangandan keyin e’lon qilinadi. Chipta egalari mablag’larni to’liq qaytarib berishni talab qilishlari mumkin “, deyiladi tashkilot xabarida.

Fikr bildirish