Futbol

«Uning yo‘qligi biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi» — Xavi nihoyat buni tan oldi

231

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydigan yarim himoyachi Pedrining ahamiyati haqida gapirdi.

19 yoshli futbolchi Yevropa ligasi doirasida Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Ispaniyalik futbolchi yozda maydonga qaytishi aytilgan.

«Barselona»ning Pedri bilan va Pedrisiz statistik ma’lumotlari e’tiborga molik: vunderkind ishtirokidagi o‘yinlarda kataloniyaliklar usiz o‘yinlarga qaraganda 40% ko‘proq ochko to‘plashgan.

«Pedri – «Barselona»ning asosiy o‘yinchisi. Buni statistikaning o‘zi ko‘rsatib turibdi. 19 yoshida u bizning o‘yin reajalarimizni maksimal darajada tushunadi va uning yo‘qligi biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi», – deya tan oldi Xavi.

Fikr bildirish