Xokkey

Verenski sentabrgacha “Kolambus” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

27

“Kolambus Blyu Djekets” himoyachisi Zak Varenskining agenti Pet Brisson o’z mijozining kelajagi haqida gapirdi. 22 yoshlik xokkey o’yinchisi cheklangan ozod agent huquqi ostida o’ynayapti.

“Yozda men doim “Blyu Djekets” rahbariyati bilan aloqada bo’ldim. Biz sentabrda bo’ladigan yig’ilishlargacha kelishib olmoqchimiz. Yaqin kelajakda muzokaralarni davom ettirishimizga aminman”, – deya NXLning rasmiy sayti Brissonning so’zlarini keltirdi.

Fikr bildirish