Tennis

Veronika Kudermetova Svitolinani musobaqadan chiqarib yubordi

41

Kutilmaganda dunyoning beshinchi raqamli tennis malikasi Elina Svitolina chorak final uchrashuvida mag’lubiyatga uchradi. Ukrainalik tennischi reytingning 46-pog’onasidan joy olib turgan rossiyalik Veronika Kudermetovaga yutqazib qo’ydi. 

Ikki soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Vera nomdor raqibasidan 5/7, 6/3, 7/6(3) hisoblarida ustun keldi. Veronika 11 ta, Elina esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. O’zaro uchrashuvlarda Kudermetova oldinda bormoqda – 2:0. Endi u Abu Dhabi WTA Women’s Tennis Open turnirining 1/2 finalida yana bir ukrainalik tennischi Marta Kostyukka qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish