Jang san’atlari

Volkov Nurmagomedov va Fergyuson o’rtasidagi jang uchun taxmin qildi

56

Aleksandrning fikriga ko’ra, hammasi Konor va Porye kabi bo’lmaydi.

Rossiyalik aralash yakkakurashchi Aleksandr Volkov UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o’rtasidagi jang natijasini taxmin qildi.

“Ushbu jangni hali tahlil qilmaganman. Negadir Toni jang so’nggigacha turib bera oladigandek.

Ammo, hoynahoy, uchrashuv Xabibning ustunlik uslubida o’tadi. U butun jangni faqat yuqorida o’tkazadi va shu sababli ochkolar bo’yicha beshta raundni yutib oladi. Fergyusonning erta g’alabasi haqidagi mish-mishlarni kutish kerak emas, deb o’ylayman. Xabib yetarlicha ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi, shuning uchun u ham muddatidan oldin g’alaba qozona olmaydi.

Hoynahoy, Nurmagomedov besh raundda ustunlik qiladi. Fergyuson pastdan ishlaydi. Ammo men sinchkovlik bilan tahlil qilish uchun Fergyusonning janglarini yaxshilab tomosha qilganman, deb aytolmayman », – dedi 31 yoshli Volkov YouTubedagi “Boks va  MMA dunyosidagi voqealar”  kanaliga bergan intervyusida.

Fikr bildirish