“Yunusobod” sport majmuasida soat 18:00da boshlanadigan professional boks oqshomi hamyurtimiz SHohjahon Ergashevga tegishli SHohjahon Ergashev Shohjahon Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti. Markaziy jang tabiiyki, aynan SHohjahon ishtirokida kechadi va u shu kuni tanzaniyalik Salimu Jengo (16-3-0)ga qarshi ringga ko’tariladi.
Ko’pchilikni oqshomning boshqa juftliklari qiziqtirmoqda. Biz shu maqsadda SHohjahonning o’zi bilan bog’lanib, ayrim malumotlarni oldik. Uning aytishicha, 11 iyun kuni hamyurtimiz Ulug’bek Haqberdiev (6-0) 10 rundlik jangda belaruslik Dmitriy Atroxov (16-9), rossiyalik Sergey Vorobev 8 raundlik jangda (10-1) qozog’istonlik Aleksandr Juravskiy (13-7-1), bokschimiz Botirjon Zokirov 4 raundlik bahsda rossiyalik Aleksandr Saltikov, yana bir rus bokschisi Vladimir Mironenko 4 raundlik debyut jangida Ali Akedilov (3-0-1)ga qarshi ringga chiqadi.
11 iyun kungi boks oqshomida yana bir tajribali charm qo’lqop ustamiz Jamshid Najmiddinov ham o’zining uzoq kutilgan jangini o’tkazadi. Bu haqida uning o’zi ham Instagram sahifasida xabar qoldirdi. Lekin hozircha uning raqibi malum emas. SHuningdek, bu so’nggi kard emas. Hali yana 2-3 ta juftlik kardga kiritiladi. SHohjahonning o’zi ayni paytda Moskva shahrida tayyorgarlik ko’rmoqda va 5 iyun kuni Toshkentga qaytib keladi.