Boks/MMA

Xabaringiz bor, 31 oktyabr – 7 noyabr kuni Toshkent shahrida boks bo’yicha kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionati boshlanadi.

287

Ushbu nufuzli musobaqada o’zbek boksining qaysi yulduzlari ishtirok etishi ko’pchilikni qiziqtirmoqda. 

Musobaqa oldidan bokschi va murabbiylar ishtirokida mandat komissiyasi tashkil etildi va shundan so’ng musobaqada ishtirok etuvchi bokschilar ro’yxati aniq bo’ldi. 

Unga ko’ra, O’zbekiston chempionatida Nodirjon Mirzahmedov, Mironshoh Ibragimov, Mirazizbek Mirzahalilov, SHunqor Abdurasulov, Abdumalik Xalakov, SHukurjon Rahimov, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jaev, Mujibillo Tursunov, Aliyor Noraliev, Bobousmon Baturov, Bilolbek Mirzarahimov, Fanat Qahramonov, Odiljon Aslonov, Dilshod Ro’zmetov, Kozimbek Mardonov, Sanjar Tursunov, Madiyar Saidrahimov, Jamshid Abdullaev, Lazizbek Mullajonov va boshqa tajribali va iqtidorli sportchilarimizning ishtirokini kuzatishimiz mumkin bo’ladi. 

O’zbekiston chempionatiga oid tafsilotlar va suratlarni musobaqaning axborot hamkori hisoblangan www.olamsport.com saytida kuzatib boring. 

Fikr bildirish