Boks/MMA

Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda UFC Vegas 34 turniri bo’lib o’tadi.

271

Biz uchun ahamiyatlisi, oqshomning asosiy kardi doirasidagi jangda hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov amerikalik Trevin Jonsga qarshi oktagonga ko’tariladi. 

Etiborga molik jihati shundaki, tarozidan o’tish marosimida Qahramonov belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. U meyordan 2.5 funt ko’p vazn ko’rsatgan. Yana ham aniqrog’i, Sayidyoqub – 62,82 kg, Trevin Jons – 61,23 kg tosh bosgan. 

Jang bekor qilinmaydi, lekin yurtdoshimiz o’z gonorarining 20 foizini Jonsga berishga majbur bo’ladi. O’zi aslida Qahramonov Jonsning raqibi jangga chiqa olmasligi malum bo’lgach, qisqa fursatda jangga rozilik bergandi. 

Fikr bildirish