Qiziqarli o’tgan bellashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi.
2018 yilda O’zbekiston futzal Associaciyasi o’z faoliyatini to’xtatgan va O’zbekiston futbol Associaciyasiga qo’shib olingan edi. Bundan tashqari, o’sha paytlari (2018 yil) futzalga kiritilgan ayrim o’zgarishlar sabab "Ardus" klubi ham faoliyatini to’xtatgandi. SHundan so’ng futzalimizda kichik inqiroz yuzaga kelgandi, oxirgi ikki yilda esa vaziyat yana o’nglana boshladi.
"Championat.asia" manbalarining xabar berishicha, bir paytlar futzalni ko’tarilishida katta hissa qo’shgan Jahongir Usmonov yana qaytmoqda. Endilikda futzalimizga yana Usmonov rahbarlik qiladi. U qanday lavozimni egallashi endi malum bo’ladi.
Balki, o’zbek futzalining bayroqdor jamoasi bo’lib kelgan "Ardus" yana qayta tiklanar, balki boshqa klublarning rivojlanishiga etibor qaratilar. Nima bo’lganda ham Jahongir Mirabrorovichning qaytishi futzalni yanada rivojlanishiga hissa qo’shishiga umid qilib qolamiz.