Futbol

Xabaringiz bor, keyingi Qatar yashil maydonlarida futbol bo’yicha Jahon chempionati bahslari bo’lib o’tadi.

213



Xabaringiz bor, keyingi Qatar yashil maydonlarida futbol bo'yicha Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Qatar-2022 tashkiliy qo’mitasida ish boshlagan hamyurtimiz Alisher Nikimbaev bilan suhbat

Teglar : 
Qatar-2022Alisher Nikimbaev JCH-2022
Xabaringiz bor, keyingi Qatar yashil maydonlarida futbol bo’yicha Jahon chempionati bahslari bo’lib o’tadi.

Unda dunyoning eng kuchli 32ta terma jamoasi ishtirok etadi. Ayni paytda Qatar futbol Associaciyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbaev bo’lajak Jahon chempionati tashkiliy qo’mitasida ishlashdek sharafli imkoniyatga ega bo’ldi. Biz mutaxassis bilan bu borada suhbatlashishga qaror qildik.

– Qatar-2022 tashkiliy qo’mitasiga kirish qanday sodir bo’ldi? Jarayon qanday kechdi?
– FIFA futbol tarixida ilk bor Jahon chempionati tashkiliy qo’mitasi qo’shma korxona tomonidan tashkil etilmoqda. Ushbu qo’shma korxonaning 51 foizi FIFAga, 49 foiz mezbon mamlakatga tegishli. Nimaga FIFAga 51 foiz? Sababi qarorlar qabul qilishda FIFAda ustunlik bo’lishi kerak. SHuning uchun Qatar futbol Associaciyasida ishlaydigan xodimlar avtomatik tarzda Qatar-2022 tashkiliy qo’mitasida ishlaydi degani emas. Tashkiliy qo’mitaga Rossiya, Braziliya, Greciya mamlakatlaridan xodimlar ishga olindi. Qatardan esa taxminan 10 foiz ishchi bor. Balki Jahon chempionatiga yaqin qolganida ularning soni ko’payishi mumkin.

Tashkiliy qo’mitada juda ko’p bo’lim bor. Oldingi Jahon chempionatlarida tashkiliy qo’mitasida ishlaganimda bunchalik ko’p bo’limlarni ko’rmagandim.

– Mundialda Sizning vazifangiz nimalardan iborat bo’ladi?

– O’yinlarni o’tkazish bo’limiga menedjer sifatida ishga kirdim. To’g’risini aytaman bu ishga kirish uchun yarim yil davomida muzokara olib borildi. Sababi oldingi mundiallarda ishlagan xodimlarda ishga kirishda ustunlik bor edi. Rossiya va Braziliyadan nima uchun ko’p xodimlar keldi? Sababi oxirgi ikkita Jahon chempionati aynan shu mamlakatlarda o’tkazilgandi. Bu davlatdan kelgan xodimlar faqat Jahon chempionati vaqtida ishlaydi va mundial tugagach o’z yurtlariga qaytib ketishadi.

Vazifam o’yinlarni o’tkazish. Barcha 8ta stadiondagi kiyim almashtirish xonalari, hakamlar xonalari va boshqalarni tayyorlash hamda boshqarish. Jamoalarning stadionga kelishidan ketishigacha bizning elkamizda bo’ladi.

Xabaringiz bor, keyingi Qatar yashil maydonlarida futbol bo'yicha Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.
			 


– Jahon chempionatigacha ham qandaydir vazifalar berilgani aniq.

– To’g’ri, Jahon chempionatigacha xodimlarni tayyorlaymiz. Har bir stadionda kamida 8-9 nafar xodim ishlaydi. Yani taxminan 70 nafar xodimni topib ularni mundialga tayyorlashimiz kerak.

– Bu Qatar FA dagi faoliyatingizga tasir qilmaydimi?

– Yo’q, Qatar futbol Associaciyasidan ketmadim. Hozircha ikkita tashkilotda ishlayman. Ochig’ini aytaman bu kam sonli xodimlarga nasib qildi xolos. CHunki Qatar FAdan ketishga ruxsat berishmadi, shu bois bu erda ham ishlayapman. Jahon chempionati yili balki ishim kamroq bo’lishi mumkin, lekin ungacha hali qiladigan ishlarim ko’p. Oktyabr oyida Osiyo chempionati saralashi bo’ladi. Balki ushbu musobaqa vaqtida ham tashkiliy qo’mitasida ishlarman.

Qatar-2022 tashkiliy qo’mitasi bilan shartnomam 2022 yil 31 dekabrga qadar. 2023 yil 1 yanvardan Qatar FAda ishlashda davom etaman.

– Oldingi Jahon chempionatlarda ham ishtirok etgansiz. Ularda aynan kim sifatida ishtirok etgansiz?

– 2006 yil Germaniyada, 2010 yil JARda bo’lgan mundiallarda jurnalist sifatida ishlaganman. 2003 yil BAAda o’tgan U-20 Jahon chempionatida ham jurnalist bo’lib borganman. 2009 yil Misrda o’tgan U-20 Jahon chempionatida jamoa menejeri sifatida ishlaganman. 2013 yil BAAda o’tgan U-17 Jahon chempionatida tashkiliy qo’mitasida musobaqalar va media menejeri sifatida ishlaganman. 2019 va 2020 yil Qatarda o’tgan klublar o’rtasidagi Jahon chempionatlarida ishlaganman.

Xabaringiz bor, keyingi Qatar yashil maydonlarida futbol bo'yicha Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Narzulla suhbatlashdi

Fikr bildirish