Boks/MMA

Xabaringiz bor, superog’ir vazn toifasida ikki britaniyalik bokschilar o’rtasida birlashtiruvchi chempionlik jangi o’tkaziladi.

276

WBC yo’nalishi chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) WBA, IBF, WBO hamda IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO) o’zaro jangda superog’ir vaznning mutlaq qirolini aniqlab berishadi. Mutlaq jahon chempioni nomiga oydinlik kiritadigan superjang 14 avgust kuni Saudiya Arabistonida o’tkaziladi. Buni Fyuri ham tasdiqladi.

“Bolalar, sizlarga muhim xabarim bor. Men hozirgina Saudiya Arabistoni shahzodasi Xalid bilan telefonda gaplashdim. U menga bu jang 100 foiz belgilangan muddatda o’tkazilishini aytdi. 14 avgust 2021 yil – butun dunyo nigohi Saudiya Arabistoni Qirolligiga qaratiladi”, – deya o’zining Twitter sahifasida video murojaat qilgan Fyuri.

Tayson Fyuri bu chiqishida ham Joshuani muddatidan avval ishonchli tarzda mag’lub etishini takidladi.

“Sabrsizlik bilan jang oqshomini kutayapman. Takror aytaman, men dunyoning barcha davrlardagi eng katta boks sahnasida Entoni Joshuaga saboq berib qo’yaman. Bu er shariining barcha zamonlardagi eng katta sport voqeyligi bo’ladi”, – dedi Fyuri.

Fikr bildirish