Jang san’atlari

Xabib – Fergyuson bilan jang to’g’risida: «Menda olov paydo bo’ldi. Jang qilish, urish, bo’g’ish, sindirish kerak

130

Burgut Toni bilan kurashish uchun haqiqiy shaylangan.

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan jangga qanday tayyorgarlik ko’rishni rejalashtirayotgani haqida gapirib berdi.

“Men mashq qilaman, ter to’kaman. Men tajriba orttirmoqdaman, yoshim o’tib bormoqda. Men 31 yoshdaman, odam imkoniyatlar chegarasiga ega bo’lishi mumkin bo’lgan payt. Men ko’proq mashq qilaman, raqib kuchli, xavfli.

Ichimda olov paydo bo’lganini his qilyapman. Oldingi janglardan beri tayyorgarlikda hech narsa o’zgarmaydi. Nima bo’lgan taqdirda ham, bu MMA, bu yerda jang qilish, urish, bo’g’ish, sindirish kerak. Faqat yondashuv o’zgarishi mumkin. Ishga ko’proq professional yondashamiz. Insonning imkoniyatlarining chegarasi yo’q “, – deb Nurmagomedovning so’zlarini keltirishdi.

Fikr bildirish