Jang san’atlari

Xabib hasadchilar haqida: “Agar yutqazmagan bo’lsang, odam qanday qilib yiqilib tushishini ko’rish har doim qiziq”

93

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov uni tanqid qiladiganlarga o’z munosabatini bildirdi.
“Menga yoqadigan va yoqmaydiganlarning statistikasini yuritmayman. Ular mening dunyoqarashimga o’z nuqtai nazarlaridan qarashadi va men kimgadir yoqishim kerak va aksincha deb aytmayman.
Men doimo qilgan ishim – oktagonga chiqaman, raqibimni uraman va tamom. Chempion bo’lganingizda, mashhur bo’lasiz, shundan keyin kimgadir yoqasiz yoki kimgadir yoqmaysiz.
Agar yutqazmagan bo’lsang, odam qanday qilib yiqilib tushishini ko’rish har doim qiziq. Qanday qilib chempionning yiqilishini ko’rish ajoyib bo’la oladi? Doim g’alaba qozonishingizni istaydiganlar, menimcha, ehtimol 15-20 foiz, – dedi Nurmagomedov.

Fikr bildirish