Jang san’atlari

Xabib janglarga nima uchun Rossiya bayrog’i bilan chiqmasligi haqida: “Men bayroq ko’tarib yurganlardan farqli o’laroq ayollarni zo’rlamayman, keksa odamlarni urmayman”.

30

UFC yengil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov nega Rossiya bayrog’i bilan ringga tushmaydi degan savolga javob berdi.
“Men bu savolni kutgan edim. Men bayroq ko’tarib yurganlardan farqli o’laroq ayollarni zo’rlamayman, keksa odamlarni urmayman (gap Konor MakGregor haqida ketyapti).
Nazarimda, o’z mamlakatingizni bayroq ko’tarmasdan namoyon qilishingiz mumkin, men buni o’zimning xohishim bilan qila olaman. Bayroqni ko’tarib chiqish yetarli emas, bunga loyiq bo’la oilishimiz kerak.
Agar bayroqni ko’tarib chiqmasangiz, siz vatanparvar emassiz, degani emas, deb o’ylayman, – dedi Xabib.

Fikr bildirish