Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning Eagle FC kompaniyasi yarimog’ir vaznda sobiq UFC chempioni Rashad Evans bilan kelishuvga erishdi.

113

Amerikalik 42 yoshli Rashad faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi. U 2022 yilning 28 yanvar kuni “qafas”ga qaytadi. Rashadning hozircha Xabib ligasi debyut jangidagi raqibi malum emas. 

Avvalroq, Nurmagomedovning o’zi 2022 yilda promoushen AQSHda MMA oqshomi o’tkazilishini malum qilgandi. Katta ehtimol bilan ushbu turnir Florida shtatining Mayami shahrida bo’lib o’tadi. Uning kardida aynan Evans oktagonga ko’tariladi. 

Eslatib o’tamiz, Rashad so’nggi bor 2018 yilning iyun oyida jang o’tkazgan va o’shanda Entoni Smitdan qaqshatqich nokaut qabul qilib olgandi. Bu uning faoliyatidagi ketma-ket beshinchi mag’lubiyati bo’lgan edi. O’shandan keyin u faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Rashad Evans faoliyati mobaynida Maykl Bisping, Tito Ortis, CHak Liddell, Kuinton Jekson kabi mashhur jangchilarni mag’lubiyatga uchratgan.  

Fikr bildirish