Ushbu reytingdan o’zbekistonlik to’rt nafar bokschi o’rin olgan.
Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. Eslatib o’tamiz, u ertaga Manchesterda chililik Xose Velaskesdan o’z kamarlarini himoya qiladi.
Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev to’rtinchi o’ringa joylashgan. SHuningdek, ushbu vaznda SHahram G’iyosov 10-pog’onani egallab turibdi. Bu vaznda chempionlik kamari hozirda Josh Teylorga tegishli bo’lib turibdi.
Yarimo’rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog’onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.