Futbol

Xavini qiyin ahvolda qoldirishdi

155

«Barselona» Usmon Dembeledan qutula olmadi va endi fransuz futbolchisi mavsum oxirigacha Kataloniyada qolishi aniq. Bu borada «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xavi endi qiyin ahvolda qoldi, deb xabar beradi Diario Sport. U Dembeleni «Barsa» bilan shartnomani uzaytirmasa, zaxirada o‘tirishini aytib qo‘rqitgandi. Darhaqiqat, Dembele joriy mavsumda klub safida sanoqli o‘yinlardagina maydonga tushdi.

Ammo bu pragmatik nuqtai nazardan bu aqlga sig‘maydi, deydi manba. «Barselona» Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogidan chiqib ketganiga qaramay, hali ham La Liga, g‘amda Yevropa Ligasida kurasholib bormoqda. Ular qiyin o‘tayotgan mavsumni ajoyi tugatishi uchun mazkur musobaqalarda yuqori o‘rinlarni egallashi talab etiladi.  

La Ligada chempionlik poygasidan deyarli chiqib ketganini hisobga olsak, «Barsa» uchun Yevropa Ligasi bu mavsumda sovrin yutish uchun yagona imkoniyat bo‘lib qolmoqda va hech bo‘lmaganda ushbu turnir uchun jamoa to‘liq kuch bilan kurashish kerak, deydi Diario Sport nashri.

Fikr bildirish