«Barselona» tez orada Xavi Ernandesni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlaydi. Eslatib o‘tamiz, Ronald Kuman bir kun avval ishdan bo‘shatilgan edi. Xavi mavsumning ikkinchi qismida jamoada kimni ko‘rishni istayotganini allaqachon aniqlab bo‘lgan.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis «Bavariya» yarimhimoyachisi Kingsli Komanga qiziqmoqda. Transfermarkt futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq, «Bavariya» Koman bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgani malum bo‘lgandi.