Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasining joriy mavsumida kim g‘olib bo‘lishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi va eng noqulay raqib nomini aytdi.
– Siz o‘ynagan eng qiyin raqib qaysi?
– Men hech qachon “Bavariya”ni mag‘lub qilmaganman, shuning uchun mening javobim “Bavariya”.
– Bu mavsum Chempionlar Ligasida kim g‘olib chiqadi?
– “Menimcha, “Manchester Siti”, PSJ yoki “Real Madrid””, – dedi Xoland.