“Borussiya D”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland faoliyatini qayerda davom ettirishi hali ham noma’lumligicha qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xolandning agenti Mino Rayola “Barselona” prezidenti Joan Laportaga hujumchini yozda Kataloniyaga olib borishni va’da qilgan. O‘z navbatida, Xoland ham katta ehtimol bilan “Real” safiga qo‘shiladigan Kilian Mbappe bilan bir jamoada o‘ynashga qarshi. Forvard o‘zining yangi klubida tarkibdagi eng yulduz futbolchi bo‘lishni niyat qilgan va “Barselona” taklifiga rozi bo‘lgan.
Biroq Erlingni otasi Alf-Inge Xoland o‘g‘lini Madrid superklubida ko‘rishni xohlaydi. Tomonlar yaqin orada bir qarorga keladi.
Ma’lumot uchun, Xoland va “Borussiya D”ning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsum Bundesliganing 11 o‘yinida maydonga tushib, 13 gol urdi va 4 golga assistentlikni amalga oshirdi.