Futbol

Xummels: “Messi a’lo formada bo’lsa, u men ko’rgan eng yaxshi futbolchi va tamom.”

32

Agarda Ronaldu a’lo formada bo’lsachi, unda kim eng zo’r, Matsmi?

Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Mats Xummels “Barselona” sardori Lionel Messining Chempionlar ligasining beshinchi turi o’yinidagi chiqishi haqida sharh qoldirdi.

“Messi a’lo formada bo’lsa, u men ko’rgan eng yaxshi futbolchi va tamom. Biz ushbu uchrashuvda “Barselona”ni mag’lub etish uchun yetarlicha yaxshi o’ynamadik. Atigi uch yoki to’rtta real vaziyatlarni yaratdik.

Bu yomon o’yin bo’lmadi, lekin, aniq unchalik yaxshi bo’lmadi. “Barsa” a’lo darajada o’ynadi, Messi har doimgidek xavfli edi, albatta. “Borussiya”da haqiqatan ikkinchi gol o’tkazib yuborilishiga olib kelgan mening ishtirokimdagi omadsiz uzatishdan keyin juda noqulay vaziyat bo’ldi”, – dedi Xummels Germaniyaning SkySport kanali efirida. Bu haqda FOX SportsAsia manbaga tayanib xabar berdi.

Fikr bildirish