Futbol

Xurshid G’iyosov: “Keyingi yil uchinchi o’rinni yaxshilashga harakat qilamiz”

96

Albatta, yil boshida Vadim Abramov shogirdlarini hech kim sovrinli o’rinlar uchun kurashishini kutmagandi. Kecha o’tkazilgan taqdirlash marosimida rasman jamoa a’zolariga bronza medallari topshirildi. Tantanali tarzda o’tgan tadbirdan so’ng, bu yil 12 ta gol bilan jamoa to’purari bo’lgan Xurshid G’iyosov fikrlarini bildirib o’tdi.

“Taassurotlar yomon bo’lishi mumkin emas. Uchinchi o’rinni qo’lga kiritdik. Bundan xursandmiz. Minimum vazifani bajardik. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish. Bu narsaga jiddiy qarash kerak deb o’ylayman. Biz bu bilan to’xtab qolmoqchi emasmiz. Keyingi yil uchinchi o’rinni yanada yaxshilashga harakat qilamiz. Kimga qanaqa bilmadim, shaxsan o’zim yil boshida birinchilik sari intilishni oldimga maqsad qilib qo’yaman. Lekin, bronza ham jamoamiz uchun yomon natija hisoblanmaydi. Futbol jamoatchiligini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab qolaman. Butun mavsum davomida biz bilan birga bo’lgan muxlislarga rahmat aytaman.”,- dedi Xurshid G’iyosov.

 

Fikr bildirish