Musobaqada qatnashadigan o’zbekistonlik bokschilar ananaga ko’ra, tayyorgarlikning so’nggi bosqichini musobaqa o’tkaziladigan manzil – Yaponiyaning o’zida olib borishadi.
Marat Qurbonov boshchiligidagi charm qo’lqop ustalarimiz birozdan so’ng Toshkent xalqaro aeroportidan Yaponiyaga parvoz qilishadi. Bokschilarimiz uchta tarkib bilan Tokioning o’zida tayyorgarlikni olib borishadi.
Bokschilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo’yildi. Ularga aeroportda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, shuningdek O’zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev ham omad tilashdi.
Eslatib o’tamiz, o’zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o’yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:
Erkaklar:
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro’zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: SHahnoza Yunusova
Malumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.