Futbol

Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o’qigan bo’lsangiz kerak:

212



Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak:

“Surxon” vs Bubanya. Kim nohaq?

Teglar : 
Vladimir Bubanya“Surxon”
Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o’qigan bo’lsangiz kerak:

“Surxon”ning serbiyalik legioneri yana "juftakni rostladi" 

Darhaqiqat, yaxshi mavzu ko’tarilgan. Savol ham to’g’ri qo’yilgan: Bubanya nega ketib qoldi? Ammo hamkasbimiz faqat 1 tomonga quloq tutgani bois masala mohiyatini o’rganishda biroz sustkashlik qilgani ko’rinib turibdi. 

Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak:

Maqolada aytilishicha, klub vakillari jurnalistga serbiyalik himoyachi "juftakni rostlagani" to’g’risida malumot berishgan. Muallif esa bunga asos sifatida Vladimirning zaxira o’rindig’ida qolib, jamoadan rajigan bo’lishi mumkinligini keltirgan. Aslida esa voqealar rivoji yuqorida aytilganidan biroz farq qiladi…

2020 yil

Bubanya o’tgan yilning yozida klubni tark etib, shartnomani bir tomonlama bekor qildi va "Surxon" ustida FIFAga arz qildi. O’shanda Termiz klubi va serbiyalik o’yinchi ishtirokida haqiqiy serialning guvohiga aylangandik. FIFA "Surxon"ga 45 kun muhlat berib, yaqin 3 ta transfer oynasini yopib qo’yish bilan tahdid qildi. Termizliklar esa futbolchining o’zini jamoadan qarzdorga chiqarib qo’yishdi

Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak:

O’shanda "Surxon" o’z futbolchisidan qancha qarz bo’lgan? FIFA malumotiga ko’ra, uning qarzda qolib ketgan maoshi umumiy 28 ming dollardan oshiqroq hisoblab berilgan. Vaqtida to’lanmagan har holat uchun +5 foizdan penya to’lanishi kerak. 

SHuningdek, klub shartnoma shartlarini vaqtida bajarmagani hamda futbolchi uni bir tomonlama bekor qilishga majbur bo’lgani uchun Surxon 46 ming dollarga yaqin kompensaciya puli to’lab berishi lozim edi. FIFA vaqtida to’lanmagan har holat uchun ham +5 foizdan penya yozgan.

Keyinchalik tomonlar o’zaro kelishib olishdi. Bubanya o’zi "savlati yo’q, noproffessional" deb atagan klub bilan bitimni uzaytirdi.

2021 yil

Bubanya bu yil ham yozda ketib qoldi. Ammo I. Rustamovning aytganidek, zaxirada qolgani yoki kimdandir xafa bo’lgani uchun emas. Uning konkret sababi bor: "Surxon" rahbariyati legionerning maoshini o’z vaqtida to’lab bermagan. Championat.asia'ga malum bo’lishicha, Vladimir iyun oyida bu borada O’zPFLdan amaliy yordam so’ragan. Tashkilot esa Termiz klubini o’tgan yilgi voqealar takrorlanishi bilan ogohlantirib, o’z vaqtida muammoni hal qilishga chaqirgan. Natijani esa ko’rib turibsiz.

Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak:

Bizga malum bo’lishicha, serbiyalik legioner iyun oyida klub tomonidan 3 oylik maoshi (mart, aprel, may) to’lab berilmagani to’g’risida ariza yozgan. SHu o’rinda Bubanyani "juftakni rostlashda" ayblayotgan klub vakillariga bir narsani eslatib o’tmoqchimiz.

FIFA qoidalariga ko’ra, futbol klubi futbolchiga oylik maoshini berishi lozim bo’lgan 30 kalendar kun o’tgan holatida klub tomonidan futbolchiga to’lanishi lozim bo’lgan oylik ish haqi va/yoki har oy beriladigan boshqa ko’rinishdagi to’lovlarning umumiy yig’indisi kamida 2 oylik ish haqida miqdoricha qarzdorligi bo’lsa, shartnoma futbolchining tashabbusi bilan 1 tomonlama bekor qilinishi mumkin. Bunday holatda FIFA futbolchining haqini undirib beradi (penyasi bilan). Bu qoida "Futbolchilarning maqomi va transferi bo’yicha reglament"ning 14-moddasiga ham kiritilgan.

Yaqinda futbolchilari kaltaklangan klub haqida Islombek Rustamov tomonidan yozilgan maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak:
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish