Futbol

YECHL finalidan oldin chiqish qiladigan xonanda nomi e’lon qilindi

293

UYEFA Chempionlar ligasi finali oldidan chiqish qiladigan xonanda nomi ma’lum bo‘ldi.

Asosiy yevrokubok sovrini uchun Angliyaning “Liverpul” klubi Ispaniyaning “Real” jamoasi bilan kurash olib boradi. Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) matbuot xizmati Kamila Kabelyo mehmon yulduz bo‘lishini ma’lum qildi.

25 yoshli Kamila Kabelyo – kubada tug‘ilgan amerikalik qo‘shiqchi. U 2012 yilda The X Factor vokal shousida ishtirok etganida shuhrat qozongan. 2017 yilgacha u Fifth Harmony guruhi tarkibida konsert berdi, shundan so‘ng u yakkaxon karyerasini boshladi. Uning eng mashhur xitlari – Bam Bam, Senorita va Havana.

“May oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan sahnaga chiqishdan juda xursand bo‘laman! Men o‘zimning lotin merosim ruhi hamda butun dunyodagi musiqa va sport ishqibozlarining birdamlik tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan chinakam o‘ziga xos shou namoyish etish niyatidaman”, — dedi Kamila Kabelyo UYEFA matbuot xizmatiga.

“Liverpul” va “Real” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 2022 yilning 28 may kuni Fransiyadagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.

YECHL finalidan oldin chiqish qiladigan xonanda nomi e’lon qilindi

Fikr bildirish