Futbol

YeChL. «Real» kutilmaganda o‘z maydonida «Shaxtyor»ga yutqazib qo‘ydi, «Lokomotiv» Avstriyada durang o‘ynadi

52

Chempionlar Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirildi.


Foto: Getty Images

V guruhida «Real» kutilmaganda o‘z maydonida «Shaxtyor»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. E’tiborlisi, Madrid klubi bungacha o‘z maydonida hech qachon Ukraina klubiga yutqazmagandi.

A guruhida Moskvaning «Lokomotiv» klubi Avstriyada «Zalsburg» bilan jangovar durang qayd etdi.

YeChL, 1-tur, 21 oktabr 
V guruhi

Real – Shaxtyor 2:3
Gollar: Modrich (54), Vinisius (59) – Tete (29), Varan (33, avtogol), Solomon (42).
Real – Kurtua, Varan, Marselo, Mendi, Militao, Modrich (Kroos, 70), Kazemiro, Rodrigo (Benzema, 46), Valverde, Asensio, Yovich (Vinisius, 59). 
Shaxtyor – Trubin, Korniyenko, Dodo, Bondar, Xocholava, Markos Antonio (Vyunnik, 90+4), Solomon (Vitao, 90+2), Tete, Maykon, Dentino (Sudakov, 86), Marlos.
Ogohlantirishlar: Korniyenko (8), Asensio (34), Bondar (83), Militao (87).

A guruhi

Zalsburg – Lokomotiv M 2:2
Gollar: Soboslai (45), Yunuzovich (50) – Eder (19), Lisakovich (75)
Zalsburg – Stankovich, Veber, Valchi, Ulmer, Ramalo, Mvepu, Kamara (Okugava, 73), Yunuzovich (Okafor, 84), Soboslai, Daka, Koyta (Berisha, 53). 
Lokomotiv – Gilerme, Serkeyra, Chorluka, Jivoglyadov, Ribus, Krixovyak, Miranchuk (Lisakovich, 69), Kulikov, Jyemaletdinov (Kamano, 63), Smolov (Ribchinskiy, 62), Eder (Ze Luish, 69).
Ogohlantirishlar: Soboslai (41), Kulikov (80).

Fikr bildirish