Biroz oldin dramatik tarzda o‘tgan Fransiya va Shveysariya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda shveysariyaliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Xaris Seferovich hisobni ochdi. Bu golga “uch ranglilar” 3 aniq zarba bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 9 daqiqa ichida tarozi pallalarini tenglashtirgan shveysariyaliklar o‘yinni penaltilar seriyasiga qadar olib bordi va unda Shakiri jamoadoshlari omadliroq chiqishdi.