Futbol

Yevroning eng yaxshi futbolchisi zaxirada?! Bunga Messining aloqasi bormi?

148

Yevro-2020ning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan italiyalik darvozabon yozda “Milan”dan PSJga ko‘chib o‘tdi va Parijda birinchi raqamli bo‘lishga umid qildi. Hammasi u o‘ylaganidek emas va Messining bunga nima aloqasi bor.

Shanba kungi “MonpelYE”ga qarshi o‘yinda (2:0) Keylor Navas yana PSJ darvozasini qo‘riqladi. Ko‘pchilik kosta-rikalik posbonni asosiy tarkibda tushishga munosibligiga hamon shubha qiladi: ular Donnarummani ustunroq deb hisoblashadi. Bunday vaziyatda Parij darvozasida, albatta, Janluiji Donnarummani ko‘rishni istashadi. Italiyalik klubga o‘tganidan buyon atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan, qolganida esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirilgan. Ammo aynan u PSJning birinchi darvozaboni nomiga asosiy da’vogar hisoblangan.

Donnarummaning zaxirada qolishiga sabab nima?
Navas asosiy tarkibda maydonga tushishi doim kutilmagan holat sifatida ko‘rilmoqda. Mutaxassislar uning o‘yinda ishtirok etishiga shunchalik ishonishmaganki, u hali ham Transfermarkt portalida “zaxira darvozaboni” ro‘yxatida ko‘rsatilmoqda. Ammo 34 yoshli faxriy asosiy tarkibda o‘ynamokda va hatto darvozasi daxlsizligini ham saqlamoqda. Donnarumma yana zaxirada qolyapti va unga bu deyarli yoqmaydi. U, albatta, raqobat bo‘lishini bilar edi, lekin baribir raqobatni osonlikcha yutishiga ishonish uchun asos bor edi.

Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinodan darvozabon tanlashda nimaga ahamiyat berayotganini so‘rashganda argentinalik murabbiy beparvo javob berdi:

“Darvozabon tanlash ko‘p xususiyatlarga bog‘liq. Navas ham, Donnarumma ham mashg‘ulotlarda zo‘r o‘ynaydi. Bizda ikkita teng posbon borligi juda yaxshi”.

Italiyada Pochettino nima uchun Donnarummani zaxirada qolayotganidan hayron bo‘lishadi. Sobiq darvozabon Janluka Palyuka bu mavzuda keskin gapirgan:

“Men tushunmayapman. Dunyoning eng yaxshi darvozaboniga ega bo‘lish va uni zaxirada ushlab turish? Navas, albatta, yaxshi, lekin unga bo‘lgan hurmat bilan Donnarummaning mahoratini solishtirib bo‘lmaydi.

Messining bunga nima aloqasi bor
Palyuka kelgusi mavsumda hamyurti “PSJ”ning asosiy futbolchisiga aylanishiga umid qilmoqda. Biroq, gap faqat moslashuv muammolari va murabbiylar shtabining qarorlari bilan cheklanmaydi. Oxir-oqibat, Parijda bosh murabbiylik mavqei tobora yo‘qolib bormoqda. Jamoa yetakchilari hamma narsani boshqaradilar: Markinyos, Anxel Di Mariya, Neymar va Lionel Messi kabi futbolchilar. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda ular o‘zlarining so‘zlarini aytishgan. Navas janubiy amerikalik va uni yuqoridagi futbolchilar qo‘llab-quvvatlamoqda. Messi bilan allaqachon ziddiyatlarga uchragan Pochettino vaziyatni keskinlashtirmoqchi emas va shuning uchun Donnarummani zaxirada qoldirishga tayyor.

Albatta, Donnarumma o‘zining g‘alati pozisiyasiga uzoq toqat qilmaydi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar bo‘yicha, u kichik ustunlik bilan bo‘lsada Navasdan yaxshiroq. Pochettinoning tanlovi o‘z qo‘lida emas. 22 yoshli darvozabonning bunday muhitda qolishni istagi yo‘qligi ajablanarli emas. Uning agenti Mino Rayola allaqachon italiyalik uchun yangi klub qidirmoqda. Ehtimol, qishda Janluiji ijaraga “Yuventus” ga o‘tishi mumkin, turinliklarda esa darvozabon bilan mavjud muammolar bor.  

Pochettino – “buqalamun”
Yaqinda Rayolaning o‘zi, mijozi birinchi darvozabon bo‘lish uchun kurashda Navasni mag‘lub etishiga shubha qilmasligini aytdi. Ammo, aftidan, taniqli agent biroz xato qilgan. Pochettino Parij yulduzlari bilan ziddiyatda bo‘lishini oldindan aytish juda qiyin edi, chunki argentinalik mutaxassis har doim qarshilik qila oladigan qattiqqo‘l odam bo‘lib tuyulardi. Lekin Messi, Neymar va boshqalarning umumiy obro‘si ustunlik qilmoqda. Sorriere della cepa xabar berishicha, bosh murabbiy barchaning talabini hisobga olish uchun “buqalamun”ga aylanishga majbur.

Prinsipial jihatdan “PSJ”ga murabbiy umuman kerak emas. Parijliklar murabbiysiz birinchi professional klubga aylanishlari mumkin. Donnarumma esa o‘ziga ma’qulroq jamoa topishi shart, hech bo‘lmaganda u o‘sishi mumkin bo‘lgan jamoada o‘ynashi kerak.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Fikr bildirish