«Menga jang qilish uchun kuch bergan Xudoga, doim yonimda bo’lgani uchun oilamga minnatdorchilik bildiraman. Ugas va uning jamoasini tabriklayman. Garchi men boshqa natijaga umid qilsam ham, unga eng yaxshisini tilayman.
Butun dunyodagi tomoshabinlarga rahmat. Meni qo’llab – quvvatlagan har bir filippinliklarga rahmat. Men o’z mamlakatimni madh etishdan faxrlanaman. G’alaba qozona olmaganim uchun sizlardan uzr so’rayman, men qo’limdan kelganicha harakat qildim. CHin yurakdan, RAHMAT! Yaratgan hammangizdan rozi bo’lsin!» – deya postga yakun yasadi Pakyao.