Bu borada dunyoning etakchi jamoalari bilan tashkil qilinayotgan o’rtoqlik uchrashuvlari yoshlarimizning tajriba orttirishlarida katta turtki bo’lmoqda.
SHu kunlarda yurtimizda Pokiston sport va talim qo’mitalarining mutasaddilari yurtimizda mehmon bo’lib turishibdi. Ular bilan birga ushbu mamlakatning yosh sportchilari ham O’zbekistonga kelishgan. Safar davomida Andijon viloyatidagi chim ustida xokkey maydonida ikki mamlakat yoshlari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi.
Ularning birida yoshlarimiz 4:3 hisobida ustun kelishgan bo’lsa, yana birida mehmonlarning qo’li baland keldi. Sport tilida aytganda, umumiy hisobda esa do’stlik g’alaba qozondi.