Futbol

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

377



Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

CHempionat yoki terma jamoa?

Teglar : 
Bahrom NorsafarovO’zPFLO’FA
Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

Bugun O’zPFL matbuot xizmati Pro liga taqvimida kichik o’zgarish yuzaga kelganini malum qildi. Bunday xabar kuni kecha ham chop etilgandi, faqat ayollar chempionati haqida. Umuman olganda, bu kabi yangiliklar so’nggi 2 yilda ko’payib qoldi. Hatto FIFA kunlari bekor qilingan, butun dunyoda terma jamoalar dam olgan 2020 yilning kuzida ham Vadim Abramovga yig’in va o’rtoqlik uchrashuvlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. SHu o’rinda savol tug’iladi: nimaning hisobiga va qay tariqa?

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

Masalan, Germaniya yoki Angliyada mamlakat bosh jamoasining yillik hatto 2 yillik rejasi mavsum boshlanishidan oldin malum bo’ladi. Ular faqat FIFA kunlari doirasida yig’ilishadi, o’rtoqlik o’yinlaridagi raqiblar ancha oldindan aniq bo’ladi. APL yoki Bundesliga taqvimini tuzishda FIFA kunlari inobatga olinadi. SHu tufayli Bundesliganing falon turi Bundestimning mundialga yaxshiroq tayyorlanishi uchun qoldirilmaydi. Buning nomini Evropa tomonlarda professionalizm deyishadi. 

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

Bizda esa tarozi ham, toshning og’irligi ham boshqacha. Har yilning avvalida terma jamoa ustozlari O’FA huzuridagi murabbiylar kengashi bilan bamaslahat yarim yillik ish rejalarini tayyorlashadi. O’zPFL ichki chempionat taqvimini tuzishda shunga asoslanadi. 

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

2-yarim yillik taqvimi

Afsuski, ulkan masuliyatni elkasiga olgan murabbiylarimiz rasmiy o’yinlar oldidan oy-kuni yaqinlashgan ayollardek bezovtalanib, murabbiylar kengashi tomonidan tasdiqlangan rejalaridan chetga chiqishni istab qolishadi. 

Masalan, Vadim Abramov may oyida terma jamoani rejadagidan 11 kun avval yig’di. Unutmaslik kerak, bu kabi holatlar O’zPFL rejalariga jiddiy zarba beradi. O’shada Karlenovichning sharofati bilan 20-31 may kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan 10 va 11-tur bahslari qoldirilib, Superligada 1 oylik tanaffus yuzaga keldi. Malumki, musobaqada yuzaga kelgan uzoq muddatli tanaffuslar unda ishtirok etayotgan 14 klubning rejalarini o’zgartirib yuboradi, ularni ritmdan chiqarib, o’yin sifatiga jiddiy tasir qiladi. Xo’sh, vaziyat shunchalik jiddiy ekan, barchasini bittagina murabbiyning xohishi o’zgartira oladimi? 

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

Yo’q, aslida o’zgartirolmaydi. Misol uchun, O’zPFL bosh direktori Diyor Imomxo’jaev bu kabi o’zgarishlarga har doim qarshi bo’lgan. Ammo murabbiylarimiz O’FA rahbariyatini ishontirishni har doim uddalab kelgan. Tashkilot bosh kotibi Avaz Maksumov tomonidan yozilgan 1 dona xat esa barchasini hal qiladi. PFL o’zi istamasa-da taqvimga o’zgartirish kiritishga majbur bo’ladi.

Masalan, Ayollar chempionatining 17-tur bahslari boshqa sanaga ko’chirildi. Bizni qizitirgan jihat shuki, O’FA bu boradagi xatni tur belgilangan kundan (13 sentyabr) atigi 14 kun oldin (31 avgust) chiqargan. Professional tashkilotlarda bunday masalalar 6 oy avval muhokama qilinishi, chempionatni o’tkazuvchi tomon ham tinglanishi kerak. Barchasini 31 avgust kuni boshqacha kayfiyatda uyg’ongan Bahrom Norsafarovning xohishi hal qilishi futbol uchun uyatli holat.

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.

Abramov, Kapadze yoki Norsafarov chempionatdagi 2 ta tur qurbon qilinsa, terma jamoaning muvaffaqiyatlariroq ishlashiga ishonsa kerak. Eslatib o’tamiz, jahonda va qitamizda eng yaxshi natija qayd etayotgan murabbiylar FIFA kunlaridan chetga chiqmaydigan, milliy chempionatni hurmat qiladigan mutaxassislar hisoblanishadi.

CHempionat yoki terma jamoa?

Ko’pchilik yuqoridagi kabi holatlarga normal qaraydi. Ularga ko’ra, terma jamoa manfaatlari uchun ichki chempionatni qurbon qilsa bo’ladi. Aftidan O’FA rahbariyati ham shunday fikrda. Aks holda, Karlenovichning muvaffaqiyatsizligidan keyin Norsafarovga 2 kun qo’shib berish uchun chempionat bahslarini keyinga qoldirmagan bo’lardi. 

P.s. SHu o’rinda milliy jamoamizga kadrlarni qaysi liga etkazib berayotganini esga olish zarar qilmaydi. Terma jamoani kuchaytirish uchun birinchi navbatda ichki chempionatga etiborni oshirish, uni hurmat qilish kerak. Umid qilamizki, O’FA oxirgi murabbiylar faoliyatini qayta tahlil qilib, bu borada kerakli xulosani chiqara oladi. 

Yurtimizda futbol mavsumi hal qiluvchi pallaga kirib boryapti.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish