Futbol

“Yuventus” Aleksey Miranchuk transferini 2020 yil yoziga kelishib oldi (SportMediaset)

27

“Lokomotiv” yarimhimoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. SportMediaset xabariga ko’ra, Turin klubi 24 yoshli yarimhimoyachi transferini keyingi yil yoziga kelishib oldi. Muzokaralarni o’rtakash Gabriele Djuffrida olib bordi. Bitim summasi noma’lum, ammo oldinroq “Loko” futbolchini taxminan 40 million yevroga sotishda yordam bermoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi. “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi Chempionlar Ligasida “Loko” bilan o’yinlardan so’ng Miranchukni kuzatishni boshladi. Bu o’yinlarda o’yinchi 2 ta gol bilan e’tiborga tushgan.

Fikr bildirish