FutbolFutbol klublariReal Madrid

Zidan: «Pley-offda «Liverpul» bilan o‘ynasak, ularni yo‘q qilamiz»

35

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi guruh bosqichi so‘nggi turidan o‘rin olgan «Bryugge»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:1) o‘z fikrlarini bildirdi.

«G‘alabadan mamnunmiz. O‘yin boshida qiyinchiliklarga duch keldik. O‘yinchilarga 10 yoki 15 daqiqa kerak bo‘ldi.  Bahsning ikkinchi yarmida har bir hududda yaxshiroq harakat qildik.

Yovichning natijalari – mening muammoyim, sizlarniki emas. U ishlashni davom ettirishi kerak. Unga ham oson emas, chunki oz vaqt o‘ynaydi, ammo vaziyatni tushunadi.

«Liverpul»? Agar pley-offda duch kelsak, ularni yo‘q qilamiz (kuladi)», – deb Zidanning so‘zlarini keltiradi Goal.

Fikr bildirish