FutbolReal Madrid

Zinedin Zidan- “Tottenxem”dan mag’lubiyat haqida: “Real” yaxshiroq o’ynashni boshladi

96

“Real”ning bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Tottenxem” bilan bo’lib o’tgan o’rtoqlik o’yinidagi mag’lubiyatdan so’ng, jamoasining o’yinida rivojlanish borligini aytib o’tdi. Uningcha jamoa hali mavsumga tayyor emas.

– Bugun “Real” yaxshiroq o’ynadi, deya Zidanning so’zlarini AS keltirdi. – Har kuni rivojlanishga intilish kerak. Biz mag’luniyatdan xursand bo’lmasligimiz kerak, ammo jamoa har tomonlama yaxshi o’yin ko’rsatdi. Tushkunlikka tushmaslik kerak. Hech kim maqsadimizga erishishimizga halal bera olmaydi. Ammo hozircha biz tayyor emasmiz.

Fikr bildirish