Jang san’atlari

Zo’r xabar! Mahmud Muradov Xabib – Toni oqshomida oktagonga ko’tariladi + FOTO

2

Bu haqida hamyurtimizning o’zi xabar berdi. Muradov 18 aprel kuni AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasida tashkil etiladigan UFC 249 turnirida oktagonga ko’tariladi. Bugun Mahmud bo’lajak jang shartnomasiga imzo chekdi. Ammo, hozircha uning raqibi aniq emas. 

Eslatib o’tamiz, UFC 249 oqshomining markaziy jangida engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov promoushendagi asosiy raqibi Toni Fergyusonga qarshi jang o’tkazadi. 

Malumot uchun, Mahmud Muradov aslida UFCdagi uchinchi jangini 14 mart kuni Fight Night 170 turniri doirasida Antonio Karlos Juniorga qarshi bahs olib borishi lozim edi. Lekin jangga ikki oy qolganda Karlos jarohat oldi va shu sababli jang bekor qilingandi.    

Fikr bildirish