«Manchester Yunayted» Yevropa Superligasiga qo‘shilishini ma’lum qilgach klub futbolchilari bunga nisbatan norozilik kayfiyatlarini ochiqdan ochiq ifodaladilar.
Bu haqda Britaniya matbuoti xabar beradi. Unga ko‘ra futbolchilar ushbu faktni eshitgach qattiq shokka tushishadi. Ular o‘z fikrlari bilan hech kim qiziqmayotganidan g‘azabda.
Aytishlaricha, bugun tongda MYU sport direktori Ed Vudvord jamoa vakillari bilan katta yig‘ilish o‘tkazgan. Biroq u Superligani yoqlovchi argumentlar bilan futbolchilarni ishontira olmadi.
Hozirda «qizil iblis» futbolchilari umuman maydonga tushmoqchi emaslar.