Bosh sahifaBoks/MMAXabar berib o’tganimizdek, 13-23 aprel kunlari Polshaning Kelce shahrida boks bo’yicha yoshlar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tdi.
Unda o’zbekistonlik yosh bokschilar ham ishtirok etib, 10 ta medalni qo’lga kiritishdi.
Quvonarlisi, mazkur jahon chempionati o’zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi. Yani, -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigina O’ktamova barcha raqibalarini mag’lubiyatga uchratgan holda, o’zbek bokschi qizlari ichida ilk marotaba jahon chempioniga aylandi. Bungacha qizlarimiz xech qachon jahon chempionatida bunday natija qayd eta olishmagandi. Yigitlarimiz ichida esa SHahzod Muzaffarov (-52 kg) va Jahongir Zokirov (+91 kg) oltin medalni qo’lga kiritdi.
Jahon chempionati qahramonlari bugun tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Kutib olish marosimiza O’zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, sportchilarimizning yaqinlari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Eslatib o’tamiz, musobaqa davomida O’zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.