Futbol

Mourinyo uchun uchta klub raqobatlashadi

69

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoga Yevropa klublari tomonidan talab katta.

Daily Record nashrining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis xizmatiga «Valenciya», «Roma» va «Seltik» klublari qiziqish bildirmoqda. Shotlandiya klubi esa allaqachon murabbiy bilan aloqaga chiqqan.

Eslatib, o‘tamiz, shu hafta boshida Mourinyo 2019 yilning kuzidan buyon ishlab kelayotgan «Tottenxem» bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Fikr bildirish