Futbol

Feysbukda o’tirgan chog’imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo’ldi.

371



Feysbukda o'tirgan chog'imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo'ldi.

SHinasozlikdan eng zo’r hujumchi bo’lish sari! – Jeymi Vardi haqida siz bilmagan hikoya

Teglar : 
Lester Jeymi Vardi
Feysbukda o’tirgan chog’imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo’ldi.

Unda Jeymining qanday hayot ko’rgani bir rasmga solingandi. SHu orqali men ham uning hayotiga, o’tmishiga qiziqib qoldim. Xo’sh, u qanday qiyinchiliklar ortidan shunday mashhurlikka erishdi?

"Tezkor tulki" (uning laqabi) – hozirgi avlod futbolining eng tezkor vakillaridan biri hisoblanadi. Keling, endi ko’p gapirmasdan uning o’tmishiga nazar solamiz.

Vardining bolaligi:

Jeymi Richard Vardi 1987 yilning 11 yanvar kunida SHeffildda tavallud topgan. Onasi – Liza Vardi, otasi – Richard Gill.

O’rtahol oilada katta bo’lganiga bo’lsa kerak, Jeymining bolaligi anchagina aktiv bo’lgan.

Feysbukda o'tirgan chog'imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo'ldi.

Jeymining bolaligi o’tgan joylar

Uning bolalik tarixi shunday: juda katta mashaqqatlar, og’riqli kunlar va ajoyib g’alabalar. Uning tarixi zavod ishchisidan boshlanib, futbol qahramoni bilan yakunlanish arafasida.

Futbolga bo’lgan sevgi Jeymining bolaligidan boshlandi. U yoshligidan ham futbol o’ynab, ham o’z ishini davom ettirishga majbur bo’ldi.

Vardi – faoliyatning boshlanishi:

Futbolga bo’lgan muhabbat uni futbol o’ynashni ancha oldin boshlashiga olib keldi. Avvaliga u yaxshi futbol o’ynashni istagandi. Ammo "SHeffild Uensdey" uning orzularini chippakka chiqarishiga bir bahya qolgandi.

Klubdagilar Jeymi Vardining juda ham ozg’in va bo’yi past ekanligini aytishdi va jamoaga olishmadi. Rostdan ham quyidagi rasmda uning o’z yosh toifasidagi eng nozik futbolchi bo’lganini ko’rish mumkin.

Feysbukda o'tirgan chog'imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo'ldi.

Bu yangilik Vardiga juda qattiq tasir qildi va o’ziga ishonchsizlik oshib ketdi. CHunki butun umri davomida muxlislik qiladigan klubi uni o’ziga qabul qilishni istamagani shokka solib qo’ygandi.

Vardi – shuhrat sari yo’l:

"SHeffild Yunayted"dan ham rad javobi olinganidan keyin Vardi futbol haqida o’ylashni ham istamasdi. Iloji boricha futbolni yoddan chiqarib, usiz boshqa hayot boshladi va juda kam maosh to’laydigan va juda katta mehnat qilinadigan fabrikaga ishga kirdi. SHu orqali u yashash uchun kurash olib bordi. U erda ish shunday qiyin ediki, bunday fabrikalarda ishlashni ko’pchilik istamasdi. Vardi bir intervyusida shunday degandi:

"Uglerod tolasi texniki edim. Ishim imkoniyati cheklangan insonlarga shinalar chiqarish bilan bog’liq edi. Biz issiq pechlarda ishlardik. Kuniga yuz martalab og’ir yuklarni ko’tarib yurardik va bu belga juda katta og’riq berardi".

Hisobotlarda uning kuniga 12 soatlab fabrikada ishlagani ko’rsatilgan.

Fabrikada ishlab yurgan paytlarida uning futbolga bo’lgan muhabbatini barcha bildi va ayrimlar uning ushbu ishidan ketishini va futbolda yana bir bor o’z omadini sinab ko’rishi kerakligini talab qilishdi. Vardi o’z kasbdoshlarining talablarini inobatga oldi.

Vardi – ko’tarilish davri:

Malumotlarga ko’ra, Vardi aynan shu sabab uglerod tolali shinalar ishlab chiqarishdan futboldagi oddiy hayotga qaytgan.

Vardi yana jiddiy tarzda mashg’ulotlar olib bordi va yangi klub izlashni boshladi. U bu safar urinishlari zoe ketmasligini bilib turardi. Quyi diviziondagi "Uikersli Yaf in Rotterxem" klubi unga imkoniyat taqdim qildi.

Feysbukda o'tirgan chog'imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo'ldi.

Vaqt juda tez o’tib borar, hatto oradan 5 yil o’tgach, 2011 yilning iyun oylarida ham Vardi Angliyaning 7-divizionida o’ynab yurar va unda haftasiga 30 funt maosh olardi. Bu esa taxminan 30-35 dollar degani.

Tasavvur qilyapsizmi, Angliyaning 5-divizionida to’purarlik qilayotgan futbolchining topayotgan puli deyarli hech nimaga etmasdi va o’zi yana ko’chada qo’shimcha ishlar qilib yurardi. Tirikchilik uchun o’zini o’qqa-cho’qqa urishdan tab tortmasdi.

Vardi – 5-diviziondan CHempionship sari:

2011/12 yilgi mavsumda "Flitvud Taun" tarkibida Vardi Milliy liga (5-divizion)ning 36 o’yinida 31 gol urgan holda, to’purar bo’ldi va "Lester Siti" nazariga tushdi. Bu shunchaki daxshat edi. Jeymi bir yo’la 3 liga yuqoriga sakrashni uddaladi. Ammo…

Muammo shundaki, "Lester" tarkibidagi dastlabki mavsumda u zaxirada ko’p o’tirdi, 26 o’yinda atigi 4 gol urdi. Rahbariyat unga ishonch bildirmay qo’ygandi. Biroq Nayjel Pirson forvardga yana bir mavsum imkon berilishini iltimos qildi. Bundan Vardi foydalana oldi. 2013/14 yilgi mavsumda Jeymi 16 gol urdi va qayd etish kerak, shu gollari orqali u jamoaga 23 ochkoni taqdim qildi. "Lester" CHempionship chempioni sifatida APLga yo’l oldi.

Vardi – "Lester" yuragi:

Nayjel Pirson boshqaruvidagi "Lester" APLdagi debyut mavsumidayoq CHempionshipga ravona bo’lishi mumkin edi. Hatto jamoa mavsum tugashiga 4 tur qolganida ham ligadan tushib ketish uchun asosiy nomzodlardan biri bo’lib turgandi. So’nggi 4 turdagi 3 g’alaba va 1 durang APLning bo’lajak chempionlarini ligada olib qoldi.

2015/16 yilgi mavsum arafasida rahbariyat Nayjel Pirsonni istefoga chiqarib, o’rnini Klaudio Raneri bilan to’ldirdi. Bu muxlislarning g’azabini keltirgani birinchi masala, matbuot Vardining ketishi borasida bong ura boshladi. O’sha paytda jamoaning etakchisi hisoblangan Leonardo Uloa ko’proq yukni bo’yniga olar va uning gollari jamoaga ko’proq foyda keltirardi.

Feysbukda o'tirgan chog'imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo'ldi.

Matbuot kutgandek bo’lmadi. Vardi yangi mavsum oldidan "Lester"dan ro’yxatdan o’tkazildi. CHempionlik, 24 gol, Uloa zaxiraga o’tkazildi va Vardi "Lester"ning yuragiga aylandi. Buyog’iga nima bo’lganini yaxshi bilasiz.

Futbol shunday sport turi. Afrikada yoshlar futbolchi bo’lish orqali oilasi ro’zg’orini tebratishni, iloji boricha, barchani ushbu qitadan olib chiqib ketishni istaydi. Ayrimlar uchun bu oddiy sport turi bo’lishi mumkin. Biroq Vardi kabi insonlar unga hayoti deb qaraydi. Sodiqlik hissini yo’qotmaydi. Aynan Jeymi kabi futbolchilar futbolga bo’lgan muhabbatingizni yanada oshiradi. SHu o’rinda nihoyat, ichimdagi bir gapni aytib qo’ymoqchiman: 

APLda kuchli oltilik yo’q bo’lib ketdi va bu top-7ga aylandi. Ettinchi jamoa – bu "Lester"!

Feysbukda o'tirgan chog'imda ketma-ket uch post Jeymi Vardi haqida bo'ldi.

Asosiysi – hech qachon taslim bo’lmaslik!

Mirjalol Normatov

Fikr bildirish