Uchrashuvdagi yagona g’alaba golini London jamoasi yarim himoyachisi Kay Haverc o’yinning 42-daqiqasida urdi. Jamoaning yarim himoyachisi Meyson Mauntning pasidan so’ng Haverc «Manchester Siti» darvozabonini aldab o’tib, bo’sh qolgan darvozaga to’pni kiritdi. Shu tariqa «CHelsi» o’z tarixida ikkinchi marta CHempionlar Ligasi chempioni bo’ldi.
Mazkur o’yin haqida ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Tvitter tarmog’ida turli fikr-mulohazalar bildirildi. Biz ulardan eng saralarini yig’ib chiqdik.
Gol urilishiga sabab bo’lgan pas haqida:
Маунтнинг паси дунёнинг энг кучли ҳимоясини сарёғдек кесиб ўтди