Belaruslik tennischi ikkinchi bosqichda reytingning 103-pog’onasidan joy olgan hamyurti Aleksandra Sosnovichdan 7/5, 6/3 hisoblarida ustun keldi. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda 23 yoshli Sobolenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
Belarusliklarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko’rinishiga keldi. Endi Sobolenko French Open uchinchi davrasida rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.