Futbol

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g’oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

219



Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

Futbol xavf ostida

Teglar : 
Futbol FIFA
Evropa grandlari aprel oyida Superliga g’oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

Konservativ ruhda fikrlovchilar Florentino Peresni qadriyatlarga hujum qilishda qanchalik ayblamasin, u 1 jabhada aniq haq edi: yaqin 20 yillikda mazkur sport turining taqdiri jiddiy tahlika ostida qoladi.

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

CHunki…

Modern futbol tobora robotlashib boryapti. XXI asrda taktik qarashlar rivojida yuqori progress kuzatildi. Bu o’yinchilarning indvidual harakatlariga asoslangan, hujumkor va chiroyli futbol o’rniga murabbiylar orasidagi shaxmat partiyasini esga soluvchi "aql jangi"ni paydo qildi. Mutaxassislar fikricha, mazkur sportga endi qiziqa boshlaganlar tez zerikib qoladi. CHunki zamonaviy futbol ortiq eskisi kabi go’zal emas. Yani, yaqin kelajakda futbol muxlislari sonining keskin kamayishi kutilmoqda. Bu fikrni chuqurroq asoslash uchun avlodlar nazariyasiga bir qur nazar solish kifoya qiladi.

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

Virtual va real hayot o’rtasidagi bahs

Hayot suratlarining tezlashib ketishi natijasida 2003-2024 yillar oralig’ida tug’il(adi)gan Z avlod vakillarining shaxsiy qadriyatlari axborot urushi davrida shakllanmoqda. "Qo’lida gadjetlar bilan tug’ilayotgan" avlod ancha sabrsiz bo’ladi. Ular 80 daqiqalik kinoni emas, 30 soniyalik "vayn"ni tanlashyapti, katta tahlillardan qochib, kichik xabarlar bilan kifoyalanishyapti. Bunday bolalarga 90 daqiqalik zerikarli o’yinga nisbatan, 20 daqiqalik PES yoki FIFA simulyatorlari qiziqroq. 

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

SHu tufayli tez orada virtual sport ishqibozlarining futbolsevarlar sonidan oshib ketishi taxmin qilinmoqda. Etibor qiling, ECHL ortda qolgan mavsumining final bahsini dunyo bo’ylab 8,7 mln tomoshabin pulli tomosha platformalarida jonli efirda kuzatgan (TV orqali tomosha qilganlar emas). "EA Sports" kategoriyasidagi "League of legends" chempionati yakunlovchi bahsi esa 3,8 mln tomoshabin yig’gan. Malumot uchun, futbol 1869, "League of legends" esa 2009 yilda ijod etilgan.

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

Florentino Peresga ko’ra, zerikarli o’yinlar sonining ko’pligi yaqin yillarda futbol muxlislarini kamaytirib yuboradi. U shu tufayli ham faqat grandlar to’qnashadigan Superliga g’oyasini o’rtaga tashladi. Oqibatda ko’pchilik uni futbolni "o’ldirish" uchun urinishda aybladi. Ammo, qoralovchilarning barchasi biladiki, franciyalik funkcionerning gaplarida jon bor. Kelajakda har bir sport turi virtuali bilan kurashishga majbur. SHu tufayli FIFA darhol harakatga tushib qoldi. 

Qoidalar o’zgaradi

FIFA Niderlandiyada o’tkazilgan "Future of Football Cup" musobaqasida yangi qoidalarni sinovdan o’tkazdi. PSV, "AZ Alkmaar", "Leypcig" va "Bryugge"ning U-19 jamoalari ishtirok etgan turnirda quyidagi yangiliklar qo’llanildi:

– to’pni yon chiziqdan oyoq bilan o’yinga kiritish;

– jarima zarbasini yakka tartibda dribling orqali amalga oshirish;

– cheksiz o’yinchi almashtirishlar;

– sariq kartochka olgandan keyin vaqtinchalik (5 daqiqalik) chetlatish;   

– 30 daqiqadan ikki bo’lim o’ynash (to’xtalishlar vaqtida sekundomer to’xtatiladi).  

Aytishlaricha, endi yangi qoidalarni rasmiy o’yinlarda tatbiq etish qarori FIFAda ko’rib chiqiladi. Bularning barchasi o’yinning qiziqligini orttirish uchun o’ylangan. Masalan, uchrashuv vaqtini 90 daqiqadan 60ga tushirish nofaol o’yin vaqtini butunlay yo’q qiladi, almashtirishlardagi chegarasizlik esa sportchilarni odatdagidan kamroq charchashini taminlaydi va mos ravishda o’yin sifatini oshiradi. 

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

Ammo…

Yuqorida real va virtual hayot orasidagi kurash 2003-2024 yillar oralig’ida tug’il(adi)gan Z avlod davriga kelib narigi tomonning foydasiga hal bo’lish ehtimoli yuqoriligi haqida gapirdik. Bu o’z-o’zidan futbol kelajagiga jiddiy tahlika soladi. Biroq, FIFAning yuqoridagi yangiliklari biz bilgan, sevgan futbolni bugunning o’zida "o’ldirish" emasmi? 

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.

To’g’ri, zamonga moslashish kerak. Zaxira almashtirishlari, ekstra-taymlar, penaltilar seriyasi, VAR — bularning barchasi zamon talabi bo’lgan. Ammo, rejalashtirilayotgan inqilobiy qarorlar qanchalik foydali bo’ladi? Futbol o’zligini yo’qotib, basketbol yoki futzalga o’xshab qolmaydimi? Uni qutqarishga urinayotgan "jarrohlar" nogironga aylantirib qo’ymaydimi?

Evropa grandlari aprel oyida Superliga g'oyasini ommaga oshkor qilgach, loyiha tashkilotchilari keskin malomatlar ostida qolib ketdi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish