Futbol ishqibozlarining ko‘pchiligi futbolchilarni maydonda uzluksiz 90 daqiqa harakat qilishadi deb o‘ylaydi. Ammo bu teoriya har doim ham o‘zini oqlayvermagan. Ushbu sport turida shunday afsonalar ham o‘tganki, ularning ba’ilari hatto mashg‘ulotlar bazasiga deyarli tashrif buyurmagan ham.
Biz quyida maydon ichida sehrli harakatlar ko‘rsatgan daholarning yumshoq ma’nodagi salbiy va erkatoylik xususiyatlariga qisqacha to‘xtalamiz.
Ledli King
Ledlini ko‘plab futbol ishqibozlari juda yaxshi tanishadi. U «Tottenxem»da ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari bilan nom qozongan. Biroq to‘pning doimiy shinavandasi bo‘lgan qahramonimizga maydondan tashqarida sheriklariga qo‘shilib soatlab mashg‘ulot o‘tkazish hadeganda yoqavermagan. Uning asosiy kamchiliklari yig‘ilib shu darajaga yetganki, King bora bora hatto akademiya bolalari bilan ham to‘p bilan harakatlarni amalga oshirolmay qolgan.
Ammo chetdan qanchalik «xom» ko‘rinmasin Ledli o‘yinlarni shunchalik silliq tempda o‘tkazaverar edi. Uningcha, sen o‘z yo‘lingda bo‘lganingni anglagan payting senga boshqa hech qanday turtkini keragi bo‘lmay qoladi. O‘z sevimli ishingni davom ettirib ketverasan, ketaverasan, natijalar chunon yaxshi bo‘lib qolganiga ishonmay ham qolasan (kuladi)”, – deydi King. Uni Anri o‘z vaqtida jahonning eng kuchli himoyachilari qatorida tilga olgan edi.
Jonatan Vudgeyt
Vudgeyt «Tottenxem»da Kingning jamoadoshi sifatida dovrug‘ qozongan. 19 yoshida u «Lids»da o‘ynagan paytlaridanoq ko‘pchilikka tanish edi. Jarohatlar bilan bog‘liq muammolari tufayli u «Nyukasl»da ancha og‘ir damlarni boshdan kechirdi.
Biroq «Uayt Xart Leyn»dagi ajoyib o‘yinlariga qaramay, himoyachi 2010 yilgi jahon chempionatiga chaqiruv olmaydi. Uning fikricha o‘sha paytdagi Fabio Kapelloning Angliya terma jmoasi safiga kirish uchun unda hech qanday imkoniyat bo‘lmagan.
«Men kurashlardan sira ham taslim bo‘lmadim. Biroq men doim ham umumiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmasdim. Unga esa har kuni mashg‘ulot o‘tkazadigan futbolchilar yoqardi», – deydi Vudgeyt. Qahramonimizning talanti ochilmay qolishiga aynan shu kichik mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan ersa ajab emas.
Ronaldo Nazario
Jahon futboli afsonalaridan biri bo‘lgan Ronaldo hech qachon mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qilmagani ko‘p bora ta’kidlangani rost. U o‘z salohiyatini sport zallaridagi qora terga botgan holida hecham tasavvur qilmagan.
Hatto uning «Inter»dagi murabbiylari ham uni boshqalardan ajralib turishini ta’kidlashgan.
«Men undan yugurishni hech qachon so‘ramaganman, u faqat to‘p bilan mashg‘ulot o‘tkazishim kerak deb o‘ylardi. Uning uchun mashg‘ulotlarda boshqa birov yugurardi».
2006 yilda Fabio Kapello jamoaga kelganida, braziliyalik odatdagidek mashg‘ulotlarga bor bo‘lsada, hecham ter to‘kib harakat qilavermasdi. Buning ustiga kattagina ortiqcha vaznga ham ega edi.
«Qarang, uning vazni 96 kg edi», deydi Kapello. – Hoy, 2002 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritganingda, vazning qancha edi?
84 kg, dedi u. Men undan kamida 90 kggacha vazn yo‘qotishini so‘radim, lekin u bunday qilmadi», — deydi Kapello.
Romario
Ronaldo singari Romario ham o‘zining tug‘ma iste’dodi va fenomenal o‘yini sabab boshqalar orzu qila olmaydigan darajadagi qoyilmaqom sovrinlarga erishdi. Buning uchun 1994 yilda bo‘lib o‘tgan voqeani eslashning o‘zi kifoya. U haqidagi barcha kartina ko‘z oldimizda gavdalanadi. U Kroyffni o‘z yurtida o‘tkaziladigan katta bayramga borishga ko‘ndirgan.
«Bir marta Romario mendan, agar u karnaval uchun Braziliyaga qaytish shartini o‘rtaga qo‘yib ikki kunlik mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishini so‘radi, deb eslaydi Kroyff. – Men javob berdim: «Agar ertaga ikkita gol ursang, boshqa o‘yinchilarga qaraganda ikki kun qo‘shimcha dam olish imkonini beraman».
«Ertasi kuni Romario o‘yinning 20-daqiqasida allaqachon o‘zining ikkinchi golini urib bo‘lgan edi va darhol o‘zini almashtirishlarini so‘radi. Keyinchalik esa menga «Murabbiy, mening samolyotim bir soatdan keyin jo‘naydi», – deya hazil ohangida kulib qo‘ydi. Shunda men uning kuchiga yana bir bora tan berganman», — deydi Kroyff.
Jorj Best
Bestning jamoa mashg‘ulotlari va umuman futbolga bo‘lgan munosabatiga matbuotda jiddiy e’tibor qaratishgan. 1972 yil yanvar oyida u «Manchester Yunayted»dagi naq bir haftalik mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradi, o‘sha paytlarda u Buyuk Britaniyaning turli go‘zallari bilan ko‘p vaqtini o‘tkazardi.
Mahalliy manbalar u ichgan sari «mashg‘ulotlardagi holati yomonlashgani va tashqi ko‘rinishida jiddiy salbiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidlaydi».
Biroq shunga qaramay, har bir o‘yindagi xotirjamlik bilan urilgan oltitalab gollari uning bu qiyofasini yopib ketaverar edi.
Ronaldinyo
Ha, ushbu ro‘yxatda siz kutmagan yana bir afsona joy olmoqda. Uning hayoti turli past-balandliklardan iboratki, har bir kuni uning uchun bir sarguzasht. Roni o‘zini baxtli qiluvchi narsalarga intilardi. Teskarisi bo‘lgan unsurlardan esa bor vujudi bilan uzoqlashishga intilib kelgan.
Uning «PSJ»dagi jamoadoshi Jerom Leroy u haqida hamma narsani ochiqlaydi: «Ronaldinyo hech qachon, haftada bir kun bo‘lsa ham mashg‘ulotlarda qatnashmagan. U faqat shanba va yakshanba kunlari to‘p tepish uchun o‘yinlarga tashrif buyurardi xolos.
«Bu Ronaldinyoning o‘zi tanlagan hayoti edi. Ko‘pchilik uni Romario izidan ketishini taxmin qildi».
Leroy bir intervyusida: «Ertalab Ronaldinyo quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak bilan bazaga keldi. U maxsus kiyimlar kiyib, bu yerda uxlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri massaj zallariga borardi. O‘zining ulkan iqtidoriga ega bo‘lgan futbolchilar odatda biroz aqldan ozgan bo‘lishadi», – deydi Leroy.
Yusufbek Saydaliyev tayyorladi