Futbol

Buxoro futboli so’nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o’tkazmoqda.

172



Buxoro futboli so'nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o'tkazmoqda.

“SHavkat “molodec”, klubdan faqat nom qolgan” – Usmon Toshev

Teglar : 
BuxoroNurafshonUsmon Toshev
Buxoro futboli so’nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o’tkazmoqda.

Viloyatning bosh jamoasi ayni paytda Pro ligada bo’lib turibdi. Vaziyatni o’nglash maqsadida may oyida tajribali Usmon Toshev jamoaga taklif qilindi. O’sha vaqtda Tojikiston terma jamoasini boshqarayotgan hamyurtimiz JCH-2022 Osiyo mintaqasi saralash bosqichining 2-raundidan keyin Buxoroga qaytishga qaror qildi. Bugun Usmon Qudartovich bilan kichik intervyu tashkil qildik.

Buxoro futboli so'nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o'tkazmoqda.

— "Buxoro"ga qaytishingiz bilan klub nomini o’zgartirdingiz. "Nurafshon" nomiga qarshilik qilganlar ham bo’ldimi?

— Yo’q, rahbariyat bu taklifni iliq qabul qildi. Eng yoqimlisi, muxlislar ham. "Nurafshon" barchaga maqul keldi.

— Tojikistondan ketishingiz bilan yangi ish joyingiz haqida mish-mishlar "bolaladi". Nega aynan "Buxoro"ni tanladingiz? Klub ayni paytda Pro liga ishtirokchisi hisoblanadi?

— Bu er mening uyim. Mazkur jamoani tashkil qilishda shaxsan qatnashganman. O’sha paytlardan iliq xotiralar talaygina. Hozir esa barchasini tartibga solish, futbol o’ynash vaqti keldi. SHu tufayli Buxorodoman.

— Klub bilan 2025 yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzoladingiz. Futbolimizda uzoq muddatli bitimlar juda noyob. Demak, bir necha yillik reja tuzilgan va uning bir bo’lagisiz?

— To’ppa-to’g’ri. Etibor qilgan bo’lsangiz, potenciali bor futbolchilar bilan ham 5 yillik shartnoma imzoladik. Bu orqali faqat joriy mavsumni emas, yaqin kelajakni o’ylayabmiz.

— Klub sizni dastlab bosh direktor sifatida tanishtirdi. Keyinchalik faqat jamoa ustoziga aylanib qoldingiz…

— Aslida jamoa menejeri bo’lishim kerak edi. Ammo bizda hozircha bu lavozim yo’q va murabbiylik bilan cheklanib turamiz.

— Anchadan beri Buxoro viloyatining bosh jamoasi eski futbolchilar oldida qarzdorligi to’g’risida xabarlar chiqib turibdi. Bu borada oldinga qadam tashlandimi?

— Ha, eski qarzlarning barchasini yopishga ulgurdik.

— "Nurafshon" uy o’yinlarini G’ijduvonda o’tkazyapti. Buxoro shahridagi asosiy stadion 2 yildan beri tayyor bo’lmayapti. Muammo nimada? 

Buxoro futboli so'nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o'tkazmoqda.
			— Ha, bu og’ir savol. Stadion masalasi juda qiynab qo’ydi. Mana, bugun ham Qarshidan mutaxassislar kelib, maydonni o’rganishdi. Ular yil oxiriga qadar talabga javob bermaydigan chimni yangilashga va yaxshilashga vada berishdi.

— Demak, kelasi mavsum "Nurafshon" o’z uyiga qaytadi?

— Nasib qilsa, albatta. O’zimiz ham juda xohlaymiz buni.

— SHavkat Salomov haqida fikrlaringiz qanday? U bu mavsum o’zidan kutilgan o’yinni ko’rsatolmayotgandek…

— Yo’q, bu fikrga qo’shilmayman. SHavkat "molodec", u jamoamizning haqiqiy etakchisi.

— Pro ligadagi vaziyat murakkablashdi. Superligaga chiqish vazifasi qanchalik qiyinlashdi?

— Yo’q, vaziyat hecham murakkab emas. Men hozirgi holatni qiziqarli degan bo’lardim. Men uchun futbolda hech qanday murakkablik yo’q. Sababi shundaki, u mening ishim, uni yaxshi ko’raman va undan rohatlanaman. SHu tufayli hozirgi vaziyatni qiziqarli degan maqul. CHunki raqobat juda yuqori. Bunday muhitda futbolchilar ham, biz – murabbiylar ham o’samiz, sharoitlar ham yaxshilanadi. Oldimizga qo’yilgan vazifa esa aniq, harakat qilishdan 1 daqiqa ham to’xtamaymiz.

— Superliga yo’llanmasi qo’lga kiritilsa, kelasi mavsum jamoani autsayderlar hududida ko’rmaymizmi? Rahbariyat va homiylarning rejasi qanaqa?

— Nasib bo’lsa, yuqori divizionga chiqsak, ishimiz juda ko’p. Allaqachon sharoitlarni yaxshilash uchun harakat boshlandi. Jamoa tizimida oxirgi yillarda barcha narsa izidan chiqib ketgan. Klubning faqat nomi qolgan desa ham bo’ladi. Ammo barcha muammolarni hal qilishga kuchimiz etadi, harakat qilyapmiz. Hammasi yaxshi bo’ladi.

Buxoro futboli so'nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o'tkazmoqda.

— "Istiqlol" (Dushanbe) va Tojikiston termasining so’nggi natijalaridan keyin o’zbek futboli muxlislarida xavotir paydo bo’ldi. Bazilar qo’shnilarimiz saviya borasida bizdan o’zib ketishganini aytyapti. Har ikki mamlakat futbolini ich-ichidan bilasiz, bu boradagi fikringiz qanaqa?

— To’g’risi, taqqoslashni xohlamasdim. Bu yaxshi emas. Lekin Tojikiston haqida gapirishim mumkin. U erda o’sish bor, harakat qilishyapti. Haqiqatan ham mamlakat futboli so’nggi yillarda yaxshigina rivojlandi.

— Usmon Toshev xorijiy terma jamoani boshqargan kam sonli yurtdoshlarimizdan biri hisoblanadi. Ayting-chi, o’zbek murabbiylarining chet elga chiqishiga nima to’sqinlik qiladi? 

— Xorijga chiqish murabbiyning o’ziga bog’liq. Bunda mutaxassisning ishi, rejasi va bilimiga qaraladi. Bizda kuchli mutaxassislar juda ko’p. Ular astoydil xohlashsa, chet el jamoalarida ishlay olishadi.

— Siz Tojikistonda bo’lib turgan vaqtingizda tajribali hakamlarning bir qanchasi faoliyatini yakunladi. Ayni paytda hakamlikning darajasi haqida fikringiz qanday? "Nurafshon" ishtirokidagi o’yinlarda ularga etirozlar paydo bo’lmayaptimi?

— O’ylashimcha, hakamlarimiz hamon juda kuchli. Tajribali referilar etarlicha. To’g’ri, xatolar barchada uchrab turadi — sizda ham, menda ham. Ammo bizga nisbatan nohaqlik bo’ldi, deb aytolmayman.

Buxoro futboli so'nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o'tkazmoqda.

Malumot uchun, Usmon Toshev 1965 yil Buxoroda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida "Zarafshon", "Paxtakor", "Nurafshon", Rossiya, Vengriya va Greciya jamoalarida to’p tepgan. Murabbiylikni 2000 yilning avvalida "Buxoro"da boshladi. Keyinchalik "Nasaf", "Andijon" va afg’on klublari, shuningdek, Tojikistonning olimpiya va milliy terma jamoalarini boshqardi.

Buxoro futboli so'nggi yillarda chinakam inqirozni boshdan o'tkazmoqda.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish