Boks/MMA

Biroz avval Nukus shahridagi muhtasham “Manej” sport majmuasida aralash yakkakurashlar (MMA) bo’yicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati start oldi.

150

Havaskorlar o’rtasida o’tkazilayotgan musobaqada O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Ozarbayjon yakkakurash ustalari jami 10 ta vazn toifasida bahslarga kirishadi.   

Bugungi saralash bellashuvlari 52.2, 56.6, 61.2, 65.8, 70.3, 77.1, 83.9, 93, 120 va +120.2 kg vazn toifalarida o’tkaziladi. Janglar 3 raunddan iborat bo’lib, har bir raund 3 daqiqa davom etadi. Soat 19:00da yarim final janglari boshlanadi. Ertaga esa final janglari o’tkaziladi.   

Soat 18:00da Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Ushbu tadbirda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Jenisbek Piyazov o’z qo’shiqlari bilan ishtirokchi hamda tomoshabinlarga bayram kayfiyatini ulashadi. 

Markaziy Osiyo chempionatida O’zbekiston terma jamoasi Xumoyunshoh Zokirov, Behruz Isroilov, Xusniddin Sattorov, SHukurullo Rustamov, Behruz Akbarov, Munis Mo’minjonov, Ikrom Erjanov kabi tajribali sportchilar bilan bir qatorda 20 nafar havaskor kurashchilar g’oliblik yo’lida mahoratlarini namoyish etadilar.  

Fikr bildirish